Barcha vakansiyalar
OchiqPiyola Market
Kreativ Grafik Dizayner (Graphic Designer)
Maosh6 000 000 UZS – 12 000 000 UZS
Lavozim haqida
Piyola Parfume o'zining do'stona va maqsad sari intiluvchan jamoasiga kreativ fikrlaydigan va o'z ishining ustasi bo'lgan Grafik dizaynerni ishga taklif qiladi! Agar siz chiroyli va ta'sirchan vizual kontent yaratishni yaxshi ko'rsangiz hamda yangi g'oyalarni amalga oshirishga tayyor bo'lsangiz, biz sizni kutmoqdamiz.
Sizning asosiy vazifalaringiz:
- Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram, Facebook, YouTube) uchun jalb qiluvchi postlar, bannerlar va storislar dizaynini yaratish.
- Kompaniya brendingi ustida ishlash (logotip, korporativ uslub, taqdimotlar va reklama materiallari).
- Poligrafiya materiallari (flayerlar, kataloglar, vizitkalar, bannerlar) dizaynini tayyorlash va ularni chop etishga (pechatga) moslashtirish.
- Marketing jamoasi bilan hamkorlikda yangi reklama kampaniyalari uchun vizual konsepsiyalarni ishlab chiqish.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
- Grafik dizayn sohasida kamida 1-2 yillik amaliy tajriba.
- Professional dasturlarda mukammal ishlash ko'nikmasi: Adobe Photoshop, Adobe Illustrator (Figma, CorelDRAW, Adobe Premiere Pro dasturlarini bilish ustunlik beradi).
- Kuchli portfolio (Sizning ishlaringizsiz rezyume ko'rib chiqilmaydi).
- Ranglar uyg'unligi, kompozitsiya va tipografika qoidalarini yaxshi bilish.
- Zamonaviy dizayn trendlaridan xabardor bo'lish va doimiy o'z ustida ishlash.
- Belgilangan muddatlarga (deadline) qat'iy rioya qilish va detallarga e'tiborlilik.
Biz nima taklif qilamiz:
- O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish.
- Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan oylik maosh (+ bonuslar).
- Shahar markazida joylashgan shinam va zamonaviy ofis.
- Kreativ, yosh va do'stona jamoa.
- Karyera va kasbiy jihatdan o'sish uchun keng imkoniyatlar.
